24.12.2010
Gulim
32, Tashkent, Узбекистан

 Qorda qolgan ma’yus gulg’uncha,

Bugun ko’zing yana yoshga to’ldimi?

G’anim boshing uzra armon yog’dirib,

Keyin esa ahvolingga handon kuldimi?



O’tinaman qaddingni bukmagin hech ham,

Gul yuzingda g’amlar aksin topmasin.

Eh, gulim, bu dunyo aslida bir kam,

Hazonga qo’shilib umring zavol topmasin.



Qorlar erib, hayotingga qaytganda bahor,

Yana bo’y taratar hushbo’y iforing,

Bahtimning bog’ida yashnab tursang gar,


Qaytarman so’ginib sening diydoring.



Faqat yig’lamagin, bugun yoningda,

Qolomasman, kechir qalbda armonim.

Kelarman albatta, agar tangrimga,

Topshirib qo’ymasam omonat jonim!!!

1 views
 
Коментари

There are no comments yet.
Leave your comment, start the discussion!

Blog
Blogs are being updated every 5 minutes