24.12.2010
Kecha va bugun
32, Tashkent, Узбекистан

 O’ylar edim: hayot bizni siylaydi deb,

Biz kuylagan qo’shiqlarni kuylaydi deb.

Bugun bo’m-bo’sh yuragimni siylayapman,

Hayot qanday aytsa, shunday kuylayapman.



O’ylar edim: so’nmas mening g’ururlarim,

Ko’ksimdagi hayratlarim,sururlarim,

Bugun qoldim ikki o’tning ozorida.

Yig’layapman g’ururimning mozorida.



O’ylar edim: do’stlarim bor dil chog’ etar,

Yo’limdagi chohlarimdan ogoh etar,

Yorab, bugun bu o’yinda o’zib chiqdim.

Do’stim tashlab ketgan chohdan o’zim chiqdim.



O’ylar edim: sevgan yorim tashlab ketmas!

Jondan sevar, ko’zlarimni yoshlab ketmas!

O’ylar edim: men deb unday ado yo’qdir,

Bugun undan sado yo’qdir, sado yo’qdir!



O’ylar edim: tog’dek baland yashayman deb,

Qirchalarga qandoq nazar tashlayman deb.

Tog’dek cho’kdim, nelar larza soldi menga?

Bugun tog’lar, qirdek bo’lib qoldi menga.



Dunyo ekan tog’laringni qir qilguvchi!

Dunyo ekan osmonlaring yer qilguvchi!

Kelishmadim toshi yolg’on savdo bilan,

Ona-bola bo’lolmadim dunyo bilan!



Dunyo ekan... Dunyo ekan... Ay dunyo-ya...

16 views
 
Коментари
fredrik 24.12.2010

Бу шерни қаттан топдинг

SHaHiNaBoNu SHaHiNaBoNu 25.12.2010

qale ekan yoqtimi :P

Blog
Blogs are being updated every 5 minutes